Emelyanenkoning chempionlik yo‘lidagi ilk raqibi ma’lum bo‘ldi

CHERY AUTO

Bellator jang tashkiloti o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilishicha, rossiylik aralash jang san’atlari ustasi Fedor Emelyanenko chempionlik kamari uchun kechadigan ilk bellashuvda UFC sobiq chempioni amerikalik Frenk Mir bilan uchrashadi.

Tecno

Avvalroq, Emelyanenko, Mir va yana olti nafar jangchi 2018 yilda turnirda ishtirok etishi va g‘olib og‘ir vaznda Bellator kamari sohibiga aylanadi. Keyinroq Mir ilk to‘qnashuvda Emelyanenko raqiblik qilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Emelyanenko sentyabr oyida 41 yoshga to‘ldi. U 41 jangdan 36 tasida zafar quchgan va 5 marta mag‘lubiyat alamini tortishga majbur bo‘lgan. 38 yoshli Mir hisobida esa 18 g‘alaba 11 mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!