
Emeri "Arsenal"ga "Yuventus" himoyachisini olib kelmoqchi
Londonning “Arsenal” klubi bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning himoya chizig‘ini kuchaytirish borasida izlanmoqda.
Tribalfootball nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ispaniyalik mutaxassis yangi jamoasiga "Yuventus" himoyachisi Mexdi Benatiani olib kelmoqchi. Qayd etish lozimki, marokashlik futbolchining Turin super klubi bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Ma’lumot uchun, Benatia yakunlangan mavsum “Yuventus” safida jami 32ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 4ta gol kiritishga erishgan.
Fikrlar