Emeri qo‘li ostida porlaydigan va jabr ko‘radigan futbolchilar kim?

  • 24 avgust, 2018, 21:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Unay Emeri allaqachon “Arsenal” bilan ikki ingliz grandiga qarshi bahs olib bordi va uning klubdagi faoliyatiga doir ba’zi mulohazalarni bera olishimiz mumkin.

Tecno

Iyapaniyalik mutaxassi “to‘pchilar” boshqaruvidagi ilk uchrashuvini “Emireyts” stadionida amaldagi chempion – “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkazdi va afsuski jamoasi bilan 2-0 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shogirdlari esa qoniqarsiz o‘yin namoyish qildi.

Ularning ikkinchi o‘yini esa “Stemford Bridj”da azaliy raqibiga qarshi bahs bo‘ldi. London derbisida dastlab maydon egalari 2-0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, “to‘pchilar” oradagi muvozanatni yo‘qqa chiqardi. Biroq Markos Alonsoning goli tufayli “Arsenal” yana mag‘lub bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki klubdagi debyuti bunday samarasiz chiqqani uchun ayblash qiyin. Klub muxlislarining bahtiga ijobiy xususiyatlar ham bor.

Masalan, Aleks Ivobining jamoasining ikkinchi golini urganida u bu mavsumning eng uzoq davom etgan – 19 uzatmalarning ajoyib yakuni bo‘ldi.

Shuningdek, yangi bosh murabbiy qo‘li ostida qaysi futbolchilar o‘ynab keta oladi-yu qaysilari qiyinchilikka uchrashini hozirdanoq taxmin qilishimiz mumkin.

Quyida shu futbolchilar haqida mulohaza yuritamiz.

  1. Matteo Genduzi - porlaydi

19 yoshli futbolchi mavsumning dastlabki ikki uchrashuvidagi eng tajribasiz futbolchi bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U jamoaga Lukas Torreyra bilan kelib qo‘shilganida unga “kelajak futbolchisi” degan tamg‘ani yopishtirib qo‘yishgandi.

Shunga qaramay frantsiyalik futbolchi Emeri qo‘li ostida undan talab qilinayotgan vazifalarni a’lo darajada uddalamoqda.

Genduzi hozirdanoq bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha tajribali jamoadoshlaridan oldinda. U klubda 84 ta uzatmani amalga oshirgan, 139 bora to‘pga tegingan. Bu raqamlar klubdagi eng yuqori natijalar bo‘lib turibdi.

Albatta “Loryan”ning sobiq futbolchisiga baho berishga hali erta, ammo u shunday o‘ynashda davom etsa, “Arsenal”ning ba’zi asosiy tarkib futbolchilari bundan jabr ko‘rishi mumkin.

  1. Granit Djaka – qiyinchilikka uchraydi

19 yoshli yangi jamoadoshining ajoyib starti tufayli “to‘pchilar” bilan dastlabki ikki turda qiyinchilikka uchradi. Klublarda qariyb 300 o‘yin o‘tkazgan, Shveytsariya termasida esa 66 o‘yin o‘tkazgan tajribali futbolchi Genduzi tufayli o‘z o‘rnidan ajralib qolishi mumkin.

Zotan uning klubdagi o‘rni “Arsenal”ga kelib qo‘shilganidan beri ikki frontga ajralgan. Uning 14 noaniq uzatmasi har qanday sheriginikidan ham ko‘p va yarim himoyada ikkinchi o‘rinda. Faqatgina Genrix Mxitaryanda 17 ta shunday zarba bor. Biroq arman futbolchisi tavakkalga ko‘p qo‘l urgani uchun bunday ko‘rsatkichga ega.

Shveytsariyalik futbolchi to‘pga egalik qilishda juda qiynalmoqda. Gvardiola shogirdlarining kuchli bosimi ostida u qiyinchilikka duch keldi. Kante va Barkli uni yutib yubordi.

  1. Genrix Mixitaryan – porlaydi

Ha, “Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi “Arsenal”da eng ko‘p muvaffaqiyatsiz uzatmani amalga oshirgan. Ayni vaqtda u klubning eng ko‘p vaziyat yaratuvchi futbolchisi hamdir.

“Chelsi”ga qarshi o‘yinda Mxitaryan xatoga yo‘l qo‘ysada ortidan o‘zi uni to‘g‘rilashini ko‘rsatib berdi. Mxitaryan o‘ng qanotda Ektor Beleringa yordam berishi uchun himoyaviy sifatlarini yaxshilashi kerak. Ko‘rinib turibdiki u bundanam yaxshiroq bo‘la oladi.

  1. Mesut O‘zil – qiyinchilikka uchraydi

“Arsenal”ga kelib qo‘shilganidan beri 198 o‘yinda ishtirok etgan nemis futbolchisi Premer Liganing dastlabki ikki turida yarim himoyada o‘z hukmronligini o‘rnatishda qiyinchilikka uchradi.

Ikki uchrashuvda 158 daqiqa o‘ynaganiga qaramay, “Real”ning sobiq vakili jamoadoshlari uchun atigi ikki bora xavfli uzatmani amalga oshirgan.

O‘zil xatto Emeri tizimida o‘z rolini topa olmagandek. U hozirgacha ikki turli pozitsiyalarda o‘ynadi.

Ispaniyalik murabbiy kelayotgan turlarda O‘zil uchun eng yaxshi pozitsiyani topib berishi zarur. Aks holda Mesut o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘yishi ham hech gap emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!