
Endryu Kerroll: Biz barchamiz Bilichni qo‘llab-quvvatlaymiz
Angliyaning “Vest Xem” klubi hujumchisi Endryu Kerroll jamoa bosh murabbiyi Slaven Bilichni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.
- Biz barchamiz Bilichni qo‘llaymiz. “Xaddersfild”ga qarshi bahsda biz maydonga g‘alaba uchun maydonga chiqqandik. To‘g‘ri, bu oson bo‘lmadi. Ammo o‘yin so‘nggigacha astoydil harakat qildik, - Kerroll.
Ma’lumlt o‘rnida, APLning 4-turidan o‘rin olgan so‘nggi bellashuvda "Vest Xem" o‘z maydonida "Xaddersfild"ni 2:0 hisobida taslim etdi.
Fikrlar