
Engilmas bokschilar o‘rtasida WBC kamari uchun kechgan jangda Uaylder Ortisni nokautga uchratdi
Bugun Bruklinda og‘ir vazn toifasining WBC chempionlik kamari uchun jang bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi chempion amerikalik Deontey Uaylder kubalik Luis Ortis bilan o‘zaro to‘qnash kelishdi.
Bir oldin o‘tkazilgan vazn tortish marosimida Uaylder 97,4 kg, Ortis raqibadan 12 kg og‘ir, ya’ni 109,4 kg chiqqan.
Ushbu jangning 10-raundida amerikalik bokschi raqibini oldin nokdaunga tushirib, keyin nokautga uchratdi.
Aslida bu bokschilar 2017 yilning 4 noyabr kunida uchrashishlari kerak edi. Biroq Luisning doping nazoratidan o‘ta olmaganligi sabab jang qoldirilgan. O‘shanda kubalik bokschi organizmidan taqiqlangan modda (diuretik) topilgan.
Uaylder bu orada Bermeyn Stivern bilan jang qilib, birinchi raunddayoq raqibini nokautga uchratishga erishdi. Bu nokaut 2017 yilning eng yaxshi nokauti deya e’tirof etilgan edi.
Bu jangga qadar 32 yoshli amerikalik bokschi Deontey Uaylder professional ringda 39 jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Shulardan 38 tasida nokautga erishgan.
38- yoshli kubalik Luis Ortis esa professional ringda 28 jang qilib, u ham barchasini g‘alaba (24 nokaut) bilan yakunlagan.
Deontey Uaylderning oxirgi janglari (39-0, 38 KO):
04.11.2017 |
Uaylder |
Stivern |
KO1 Uaylder foydasiga |
25.02.2017 |
Uaylder |
Vashington |
TKO5 Uaylder foydasiga |
16.07.2016 |
Uaylder |
Arreola |
RTD8 Uaylder foydasiga |
16.01.2016 |
Uaylder |
Shpilka |
KO9 Uaylder foydasiga |
26.09.2015 |
Uaylder |
Dyuapa |
TKO11 Uaylder foydasiga |
Luis Ortisning oxirgi janglari (28-0-2, 24 KO):
08.12.2017 |
Ortis |
Martts |
KO2 Ortis foydasiga |
10.12.2016 |
Ortis |
Allen |
TKO7 Ortis foydasiga |
12.11.2016 |
Ortis |
Skott |
UD12 Ortis foydasiga |
05.03.2016 |
Ortis |
Tompson |
KO6 Ortis foydasiga |
19.12.2015 |
Ortis |
Jennings |
TKO7 Ortis foydasiga |
Fikrlar