Eriksen uchun kurashga "Chelsi" ham qo‘shildi

  • 17.01.2019 16:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" klubi hamshahari "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksen uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “aristokratlar” 26 yoshli daniyalik futbol yulduzi uchun kurashda “Real” bilan raqobatlashishga tayyor. Ta’kidlash kerakki, Eriksenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan, futbolchi esa ushbu kelishuvni uzaytirishni xohlamayapti. Shu bois “Tottenxem” uni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun biror bir klubga sotib yuborishga majbur.

Ma’lumot uchun, Eriksen joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6ta gol va 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning taxminiy transfer narxi esa 80 mln evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Eriksen evaziga “Tottenxem”ga Garet Beylni bermoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!