Erkin kurashchilarimiz kunni g‘alaba bilan boshlashdi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan bellashuvlarda ikki nafar hamyurtimiz ishtirok etmoqda.

Xususan, -70 kg vazn toifasida Ixtiyor Navruzov saralash bosqichida yaponiyalik Keisuke Otoguroni 12:1, hindistonlik Rana Pankajni 10:0 hisobida mag‘lub etib chorak final masalasini ijobiy hal qildi. Shuningdek, -97 kg vaznda kurashgan Magomed Ibragimov saralash bosqichida turkiyalik Fotih Yasarlini 6:3 mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Qayd etish lozim, keyingi bosqichda Ixtiyor Navruzov gruziyalik Zurabi Yakobishvilini sinovdan o‘tkazsa, Magomed Ibragimovga belarus vakili Aliaksandr Xustin raqiblik qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!