Etakchilarini yo‘qotishdan talvasaga tushgan “Arsenal” O‘zilga misli ko‘rilmagan pul va’da qilmoqda

  • 10 mart, 2017, 09:00
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

 

Joriy mavsumda muxlislar ishonchini oqlay olmayotgan “Arsenal”da kadrlar muammosi yuzaga kelayotgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu jamoa etakchilari jamoa bilan yangi shartnoma tuzishdan bosh tortmoqda, qolganlari ham klubdan ketishga intilmoqda.

London klubi rahbariyati vaziyatni o‘nglash uchun etakchi futbolchilarni ushlab qolishga e’tibor qarata boshladi. Ana shu maqsadda germaniyalik Mesut O‘zilga haftasiga 280 ming funt beriladigan yangi shartnoma taklif qilindi. Haftalik maoshi 200 ming funt bo‘lgan avvalgi bitimni O‘zil rad etgan edi.

Mesut O‘zilning amaldagi shartnomasi 2018 yilgacha davom etadi. Unga ko‘ra, tajribali yarim himoyachining transfer narxi 50 million evroga baholangan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!