"Everton" AQShga ketishi oydinlashib qolgan Runiga nima taklif qildi?

  • 19 may, 2018, 10:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqin vaqtlar ichida AQShning “Di Si Yunayted” klubiga ko‘chib o‘tishi aytilayotgan Ueyn Runi kelajakda “Everton”ga murabbiy bo‘lishi mumkin.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar rahbariyati 32 yoshli futbolchiga faoliyatini tugatgach istagan payt “Everton”ga kelishi va bu erda o‘zining murabbiylik faoliyatini boshlashi mumkinligini bildirgan.

Eslatib o‘tish lozimki, bundan avvalroq Runi o‘z intervyularidan birida kelajakda “Everton”da murabbiy bo‘lib ishlash orzusi borligi haqida aytib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!