
Evropa chempionlar ligasining to‘purarlari (Top-6)
"Real" hujumchisi Karim Benzema Evropa chempionlar ligasining beshinchi turida "Sporting" darvozasiga urgan goli tufayli musobaqa to‘purarlari orasida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Madrid klubiga 2:1 hisobida g‘alaba keltirgan aniq zarba Benzema uchun bu turnirdagi 48-gol bo‘ldi va frantsuz hujumchisi bu ko‘rsatkich bo‘yicha Andrey Shevchenko va Zlatan Ibrohimovichga etib oldi.
Chempionlar ligasining eng zo‘r to‘purarlari ro‘yoxati quyidagicha:
1. Krishtianu Ronaldu - 95 ta gol.
2. Lionel Messi - 90 ta gol.
3. Raul - 71 ta gol.
4. Ruud van Nistelroy - 56 ta gol.
5. Terri Anri - 50 ta gol.
6. Karim Benzema - 48 ta gol.
Ushbu ro‘yxatdan faqatgina Ronaldu, Messi va Benzema Evropa chempionlar ligasidagi ishtirokini davom ettirmoqda va gollari sonini oshirish imkoniga ega.
Fikrlar