Evropa grandlari "Real" hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” klubi hujumchisi Vinisius Juniorga Evropaning qator grand jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda, deya yozmoqda ispan OAV.

Don Balon nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Arsenal”, Dortmundning “Borussiya”, “Inter”, “Napoli” va “Roma” jamoalari ushbu futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

Gap futbolchining ijarasi haqida ketmoqda. “Real” ham o‘z navbatida bunga qarshi emas. Chunki futbolchining bunday jamoada tezda asosiy tarkibdan joy olishiga ishonmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!