FIFA futbolchilari JCh-2018da ishtirok etgan klublar uchun pul to‘ladi, eng ko‘p mablag‘ni "Manchester Siti" oldi
FIFA rasmiy sayti futbolchilari JCh-2018da ishtirok etgan klublarga qancha miqdorda kompensatsiya to‘lagani haqida ma’lum qildi.
Bu borada APL klublari etakchi bo‘lishdi. FIFA ingliz klublariga jami 37,4 million dollar to‘lagan. Ular orasida "Manchester Siti" eng ko‘p mablag‘ga ega bo‘ldi - 5 million dollar. Kuchli beshlikdan esa "Tottenxem" (4,3 mln), "Chelsi" (3,8 mln), MYu (3,7 mln) va "Liverpul" (2,6 mln) klublari joy olishdi.
Ispaniya La Ligasi klublari esa 22,6 mln dollar bilan bu borada APLdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egalladi. Ispan klublari orasida esa “Real” 4,8 mln bilan etakchilik qildi.



Fikrlar