Fabregas qanday qilib o‘zgaruvchan futbol qurboniga aylandi?

31 yoshli yarim himoyachi bir vaqtlar Premer Liganing buyuk texnik ustasi edi. Ammo u eskirgan moda ta’siri natijasida abgor holatga kelib qoldi. Qanday qilib? Quyida ana shu haqida fikr yuritamiz.

Futbolda hamma narsa bir onda o‘zgarib ketishi mumkin.

«Chelsi» yarim himoyasida raqobat har qachongidanda kuchaygan. Ushbu mavsumni olaylik: Jorjinoning kelishi jamoaning eng yaxshi futbolchisi Ngolo Kantega ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Besh yillar avval porloq kelajakka ega deb maqtanilgan Ross Barkli buni eslab qolgandek, yanvarda kelganidan beri borgan sari kuchayib bormoqda. Yuksak iqtidorga ega Loftus-Chik esa Mateo Kovachichga raqobatchilik qilmoqda.

Premer Liganing uchinchi oyi boshlangan bir paytda Barkli qayta yosharib bormoqda, Loftus-Chik allaqachon to‘rtta gol urib bo‘ldi, Kovachich esa obro‘ga ega bo‘lib bormoqda, Kante yana yarim himoya etakchiligiga qaytgan. Jorjino Sarrining quroli sifatida o‘yin uning atrofida qurilishi kerakligini uqtirayotgandek.

Ko‘rinmas fondagi futbolchi

Ammo klubdagi yarim himoyachilar haqida xulosa qilganda ular orasida yaratuvchanlari juda kam. Yuqorida tilga olinganlarni ko‘pchiligi bu qobiliyatdan mosuvo.

Jahon Chempioni, ikki klubda oltita sovrinlarning bosh me’mori, Premer Liga tarixidagi ikkinchi eng yaxshi assistent va o‘z davrining haqiqiy ustasi bo‘lgan Frantsesk Fabregas Sarrining «Chelsi»sida «janob Hech kim»ga aylanib qolgan.

Ancha vaqt Xavining taxtiga merosxo‘r deya qaralgan kataloniyalik yarim himoyachining vaziyati judayam jiddiy. Yillar davomida Fabregasning o‘yinida pasayish kam kuzatilgan bo‘lsada, uning tezkor futbolda o‘ynab keta olmasligi asosiy kamchiliklaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Yana qanday muammo?

Uning o‘yiniga o‘z hukmini o‘tkazayotgan yana bir jiddiy muammo – bu taktik ishlanmalarning tez-tez o‘zgarib turishidir. Fabregas tezligi bilan maqtana olmasligi tufayli sekin harakatlanadigan o‘yin namoyish qiladi.

Jorjinoni kuzatadigan bo‘lsak unda buni ko‘rmaymiz. Aksincha uning «Chelsi»dagi o‘yinida to‘pga egalik qilishga bo‘lgan kurash, to‘p bilan yarim himoyada nazorat o‘rnatishga intilishni ko‘ramiz.

Premer Ligaga nazar soladigan bo‘lsak yangi tipdagi elita yarim himoyachilarni ko‘ramiz: tajribali va chaqnaydigan oyoqlar. Top ro‘yxatdagilar esa mutlaqo mukammal. Fernandino, Kevin De Bryuyne va Lukas Torreyralar o‘z jamoalarida charchamas kuchlari bilan asosiy tarkibga kirishib ketgan.

«Totenxem»da Harri Uinks Maurisio Pochettinoning yarim himoyadagi quroliga aylanib bo‘ldi. Yurgen Klopp qo‘li ostidagilar ham shunday.

Boshqalar

Aytish joizki ularning barchasi turlicha rolga ega futbolchilar. Ammo ulardagi yagona umumiylik shundaki yuqori darajadagi yarim himoyachilarning bandligi masalasi.

Vaqt shunchalik tez o‘tmoqda. Yigirma yilcha ham o‘tmasdan Yap Stam tomonidan olib kirilgan «bandlik» masalasi, yoki o‘spirin Fabregas «Arsenal»da debyutini o‘tkazgan vaqtda uni kelajak yarim himoyachisi deyishgani, o‘tmishda qoldi.

Tezligi o‘rtacha, janglarga kirishmaydigan Fabregas faqatgina tezkor fikrlashi va benazir uzatmalari tufayli eng yaxshi futbolchi bo‘lib kelgan.

Jismoniy ko‘rsatkichlarga katta ahamiyat beriladigan chempionatda Fabregas kelishidan oldin Roy Kin va Patrik Vieyra kabi “qo‘pol” futbolchilar ingliz futbolidan tantanali ravishda ketishgandi. Keyingi avlod – Deku, Xavi, Andres Inesta, Xabi Alonso, Pol Skoulz, Andrea Pirlo va Fabregas kabi «yumoshoq tabiat» yarim himoyachilar javlon urdi.

Endi 31 yoshli futbolchining «Chelsi» zaxirasida mixlanib qolishi futbol har doim vaqt chig‘irig‘idan o‘tib kelganiga yorqin misol. Djon Uik aytganidek, «odamlar o‘zgarmaydi, vaqt o‘zgaradi».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!