
Boshqa jamoa toping! Superyulduz “Real”ni tark etadigan bo‘ldi
“Real Madrid”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Rodrigo nihoyat Madridni tark etishga qaror qildi. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi.
Mazkur nashr jurnalisti Mario Korteganning yoishicha, 24 yoshli futbolchi yozgi transferlar oynasi yopilgunicha “Qirollik klubi”ni tark etishni istayapti va agentlariga boshqa jamoa topish vazifasini yukladi.
Gap shundaki, o‘tgan yili yozda jamoaga Kilian Mbappe qo‘shilganidan keyin bu holat Rodrigo Goesning tarkibdagi o‘rni va mavqeiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Karlo Anchelotti davrida ikkinchi planga o‘tib qolgan braziliyalik yulduzga yangi bosh murabbiy Xabi Alonso ham asosiy figuralardan biri sifatida qaramayapti.
Madridliklar bilan yana uch yillik shartnomaga ega o‘yinchiga asosan Angliya Premer-ligasining etakchi klublari qiziqish bildirayotgan edi. Endi uning agentlari futbolchiga ma’qul keladigan variantlarni taqdim etishi kutilyapti.
Fikrlar