Ro‘yxat chiqdi: Anchelotti Neymarni Braziliya termasiga nega chaqirmaganini aytdi
Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatining saralash turniri doirasida sentyabr oyida Chili va Boliviya futbolchilariga qarshi ikkita rasmiy uchrashuv o‘tkazadi.
Bosh murabbiy Karlo Anchelotti sentbyar oyidagi yig‘in va o‘yinlarga jalb qilinadigan o‘yinchilar ro‘yxatiga Neymarni kiritmadi.
Italiyalik mutaxassis o‘z qarorini quyidagicha izohladi.
- Neymar o‘tgan hafta kichik muammoga duch kelgani bois terma jamoa ro‘yxatiga kiritilmadi. Uning hozirgi ahvoli qo‘shimcha tekshiruvlarni talab qilmaydi. Hamma Neymarni, terma jamoani va braziliyalik muxlislarni yaxshi biladi.
Neymar barcha qolgan futbolchilar kabi yuqori sport formasiga ega bo‘lishi kerak. Bu terma jamoa jahon chempionatida muvaffaqiyatga erishishi va nimalarga qodirligini ko‘rsatishi uchun juda muhim omil, - dedi Karlo Anchelotti.
Anchelotti tanlagan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi.
Darvozabonlar:
Alison Beker («Liverpul»), Bento («An-Nasr»), Ugo Nogeyra («Korintians»).
Himoyachilar:
Uesli Fransa («Roma»), Vanderson («Monako»), Aleks Sandro («Flamengo»), Kayu Enrike («Monako»), Duglas Santos («Zenit»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Markinos (PSJ), Aleshandro («Lill»), Fabrisio Bruno («Flamengo»).
Yarim himoyachilar:
Andrey Santos («Strasburg»), Bruno Gimarayns («Nyukasl Yunayted»), Kazemiro («Manchester Yunayted»), Joelinton («Nyukasl Yunayted»), Lukas Paketa («Vest Xem Yunayted»).
Hujumchilar:
Estevao Villian («Chelsi»), Gabriel Martinelli («Arsenal»), Kayo Jorje («Kruzeyro»), Luis Enrike («Zenit»), Mateus Kunya («Manchester Yunayted»), Rafinya («Barselona»), Risharlison («Tottenxem Xotspur»), Juan Pedro («Chelsi»).
Braziliya jahon chempionati doirasidagi uchrashuvlarini 5 sentyabr kun i Chili va 10 sentyabrda Boliviya terma jamoalariga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar