Fakt: "Nasaf" Bekobodda 9 marta mag‘lub bo‘lgan
Mamlakat XXVII milliy chempionatining 15-turida “Metallurg” o‘z maydonida Superliganing etakchi va kuchli jamoalaridan – Qarshining “Nasaf” klubini qabul qiladi. "Metallurg" matbuot xizmati ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.
Mazkur jamoalar bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 41 ta uchrashuv o‘tkazishgan. Shulardan 26 tasida qarshiliklar g‘alaba qozonishgan bo‘lishsa, 10 uchrashuvda “Metallurg” “Nasaf”ni taslim etgan. 5 ta o‘yinda esa g‘olib jamoa nomi aniqlanmagan, kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati “Nasaf” foydasiga 70:32.
O‘zaro o‘yinlarda “Nasaf” 83 ochkoli bo‘lgan, “Metallurg” esa 35 ochko jamg‘argan.
“Nasaf”ning Bekobod klubi ustidan qozongan yirik g‘alabasi – 7:0 ga teng. “Metallurg” esa ushbu raqibini 3:0 hisobida mag‘lub eta olgan.
Mazkur jamoalarning bu yilgi mavsum birinchi davrasidagi Qarshida o‘tgan uchrashuvida 1:1 hisobida durang natija qayd etilgandi. Uchrashuvning 33-daqiqasida Islom Rashidxonovning to‘p oshirishidan keyin Azizjon G‘aniev hisobni ochgan bo‘lsa, 69-daqiqada Suhrob Nurulloevning goli evaziga bekobodliklar mag‘lubiyatdan qutilib qolishgandi. Suhrobga gol kiritishida Shahzod Shaymanov assistentlik qilgandi.
Bekobodda bo‘lib o‘tgan so‘nggi barcha uchrashuvlar:
26.05.2017 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
16.05.2016 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
30.09.2015 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
12.09.2014 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
29.09.2013 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1
18.08.2012 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
21.08.2011 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
14.06.2010 «Metallurg» – «Nasaf» 0:0
25.04.2009 «Metallurg» – «Nasaf» 1:3
02.11.2008 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
25.11.2007 «Metallurg» – «Nasaf» 2:1
22.10.2006 «Metallurg» – «Nasaf» 1:2
24.04.2005 «Metallurg» – «Nasaf» 2:3
05.11.2004 «Metallurg» – «Nasaf» 0:2
20.09.2003 «Metallurg» – «Nasaf» 1:1
16.11.2002 «Metallurg» – «Nasaf» 3:0
10.03.2001 «Metallurg» – «Nasaf» 0:1
03.08.2000 «Metallurg» – «Nasaf» 0:0
06.06.1999 «Metallurg» – «Nasaf» 3:1
01.11.1998 «Metallurg» – «Nasaf» 1:0
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Metallurg” Bekobodda bu raqibni 9 marta mag‘lub etgan. "Ajdarlar" ma’danchilar maydonida 8 bor g‘alaba qozonishgan. Uchta uchrashuvda esa durang kuzatilgan.

Fikrlar