Fakt! «Navbahor» so‘ngi besh yilda «Buxoro» maydonida faqat bir marta mag‘lub bo‘lgan
Bu ikki klubning yo‘llari Superliga (oliy liga) o‘yinlarida 53 bor kesishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida. 53 o‘yindan 29tasida namanganliklarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 16ta uchrashuvda “Buxoro” g‘olib bo‘lgan. Yana 8 uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan. To‘plar nisbati ham “lochinlar” foydasiga. "Navbahor" shu kunga qadar o‘zaro o‘yinlarda 98ta to‘p kiritib o‘z darvozasidan 60 marta to‘p olib chiqqan. O‘zaro o‘yinlarda «Navbahor» 95 ochkoni, «Buxoro» esa 56 ochkoni qo‘lga kiritgan.
O‘zaro o‘yinlardagi eng yirik hisob 2001 yili kuzatilgan. Namanganda o‘tgan uchrashuvda "lochinlar" 6:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. Buxoroliklar esa jamoamiz ustidan faqatgina bir marotba (2009 yil) o‘z maydonida darvozamizga javobsiz uchta to‘p kiritgan.
«Navbahor» 2011 yildan buyon «Buxoro» maydonida kamida bittadan gol urib kelishadi.
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Buxoroda bo‘lib o‘tgan 26ta o‘yinning 12tasida mezbonlar, 9tasida mehmonlar g‘olib bo‘lishgan. 5ta uchrashuvda g‘olib aniqlanmagan.
Buxoroda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
2018 - «Buxoro» - «Navbahor» 0:1
2017 - «Buxoro» - «Navbahor» 3:3
2016 - «Buxoro» - «Navbahor» 3:2
2015 - «Buxoro» - «Navbahor» 0:1
2014 - «Buxoro» - «Navbahor» 0:2

Fikrlar