Fakt: "Qo‘qon-1912" Namanganda biror marta ham g‘alaba qozonmagan

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pepsi Superliga 15-tur o‘yinlari doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Qo‘qonning "Qo‘qon-1912" jamoasini qabul qiladi. "Navbahor" rasmiy sayti ushbu o‘yin prevyusini taqdim etdi.

Mazkur klublar shu kungacha  jami 25 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelishgan. Ustunlik “Navbahor” tomonida – 15ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 6ta o‘yinda zafar quchishgan bo‘lsa, 4ta uchrashuvda jamoalar durangga imzo chekishgan.    

To‘plar nisbatidagi ustunlik  jamoamiz tomonida: 50-28. Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 49,  qo‘qonliklar esa esa 22 ochkoni qo‘lga kiritishgan.

Namangandagi uchrashuvlarda quyidagi hisoblar qayd etilgan:
1992 yil

“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:0

1993 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:1

1994 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” - 1:0

1995 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” - 1:0

1996 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” -  4:1

1998 yil

“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” -  4:2

1999 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 2:1

2000 yil
“Navbahor” – “Temiryo‘lchi” – 5:4

2002 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 2:0

2003 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 5:1

2015 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 2:1

2016 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 5:1

2017 yil
“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” – 1:1.

Izoh: Namanganda o‘tkazilgan 13ta uchrashuvning 12tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan, 1ta o‘yinda durang qayd etilgan.  
 
Murabbiylarning 5-to‘qnashuvi

Ushbu bahsda eski tanishlar – “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov va “Navbahor” ustozi Ilhom Mo‘minjonovlarning navbatdagi to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz.

Mo‘minjonov “Navbahor”ni qabul qilib olganidan beri “Qo‘qon-1912”ni mag‘lubiyatga uchrata olgani yo‘q. O‘tkazilgan o‘yinlarning ikkitasida durang qayd etilgan, ikkita uchrashuvda “Qo‘qon-1912″ning qo‘li baland kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi 10 iyun kuni Namangandagi “Markaziy” o‘yingohda soat 19:02da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!