
Fakt: "Qo‘qon-1912" so‘nggi 3 yilda 2 marta Farg‘onada g‘alaba qozongan
Qo‘qon klubi matbuot xizmati mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlarni taqdim etdi
26-uchrashuv arafasida
Ushbu jamoalar O‘zbekiston chempionatlarida shu kunga qadar 25 bora to‘qnash kelishgan. “Neftchi” 18 ta o‘yinda g‘olib bo‘lgan, 3 marta durang qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” bu raqibni to‘rt marta mag‘lub etgan. To‘plar nisbatida “Neftchi” tomonida – 68:32. O‘zaro o‘yinlarda “Neftchi” 57 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, “Qo‘qon-1912” 15 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:
31.03.2017 «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 1:2
10.06.2016 «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 2:1
30.10.2015 «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 0:1
08.09.2003 «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 6:2
29.06.2002 «Neftchi» – «Qo‘qon-1912» 6:3
O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: Ushbu jamoalarning so‘nggi uchta uchrashuvining ikkitasida qo‘qonliklarimizning qo‘li baland kelgan. Bitta bahsda durang natija qayd etilgan.
Sobiq futbolchilar
Ushbu bahsda har ikki jamoa safida ham sobiq klubiga qarshi maydonga tushidigan futbolchilar bor. Xususan, qo‘qonliklar darvozaboni O‘tkir Yusupov oldingi yillarda “Neftchi” sharafini himoya qilgan.
Farg‘onaliklar safida esa bir qator “Qo‘qon-1912”ning sobiq o‘yinchilari harakat qiladi. Bular – Jalil Kimsanov, Avaz Mamatxo‘jaev, Igor Taran, Muzaffar Abdullaev, Doston Tursunov va Andrey Sidorovlardir.
Boshlanish vaqtlari
Bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv 17 avgust kuni “Istiqlol” stadionida soat 20:30da boshlanadi. Bugun esa o‘rinbosarlar o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahs soat 17:00da Kirgulidagi “Neftchi SK” stadionida o‘tkaziladi.
Fikrlar