Filipe Luis dunyoning eng zo‘r futbolchisi kimligini aytdi

  • 5 sentabr, 2018, 16:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi himoyachisi Filipe Luis sayyoramizning eng kuchli futbolchisi kimligini aytdi.

Tecno

“Men uchun ayni damda dunyoning eng yaxshi futbolchisi xuddi avvalgi yillardagidek Messi hisoblanadi. Uni eng yaxshi futbolchilar qatoriga qo‘shishmas ekan, ushbu mukofotga bo‘lgan ishonch so‘nib boraveradi. Kim jahon chempioni bo‘ladi, kim Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ladi bu ahamiyatsiz. Baribir u eng zo‘ri”, - deydi braziliyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA bu yilgi eng yaxshi futbolchi nominatsiyasiga nomzodlarning yakuniy uchligiga Lionel Messini kiritmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!