Germaniyada gollar rekordi o‘rnatildi

  • 02.09.2026 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniyaning ikkinchi Bundesligasida shanba kuni o‘tgan tur haqiqiy gollar marafoniga aylandi. 29 avgust sanasida bo‘lib o‘tgan to‘rtta uchrashuvda jami 27 ta gol urildi — bu har bir o‘yinga deyarli ettitadan to‘p to‘g‘ri keladi.

Shanba kungi bahslar natijalari quyidagicha shakllandi: «Xaydenxaym» o‘z maydonida «Dinamo Drezden»ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi, «Energi» va «Groyter» o‘rtasidagi gollarga boy bellashuv 3:4 hisobi bilan mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi. «Karlsrue» esa «Volfsburg»ga qarshi uchrashuvda 2:5 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Kunning so‘nggi o‘yinda «Nyurnberg» «Arminiya»ni ishonchli tarzda — 4:1 hisobida yengdi.

Shu tariqa, bir tur doirasida o‘rtacha gollar soni har bir o‘yinga 6,8 tadan to‘pni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ikkinchi Bundesliga tarixi uchun butun mavjudlik davridagi eng yuqori natija sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!