
Florentino Peres "Real"ning yangi yulduz futbolchisi uchun 150 mln evro sarflamoqchi
Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning yangi yulduzi uchun 150 million evro sarflamoqchi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra aynan ushbu mablag‘ “Chelsi” vingeri Eden Azarni sotib olishga yo‘naltiriladi. E’tiborlisi, Peres ushbu xaridni qishki transferlar chog‘idayoq amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Azar joriy mavsum “Chelsi” safida 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar