Foto: "Barselona" afsonasi xotini bilan Toshkentga etib keldi

  • 9 noyabr, 2017, 08:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

 

“Barselona” jamoasi afsonasi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri Karles Puyol bugun, tong saharda Toshkent shahriga etib keldi.

Sports.uz nashriga ma’lum qilinishicha, Puyol O‘zbekistonga turmush o‘rtog‘i Vanessa Lorentso bilan birga tashrif buyurdi.

Eslatib o‘tamiz, bugun poytaxtdagi Hyatt Regency mehmonxonasida Karles Puyol bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi. Tadbir soat 11:00 da start oladi.

Shuningdek, Evropa va jahon chempioni soat 17:00 da boshlanadigan “Paxtakor” – “Olmaliq” o‘yiniga tashrif buyuradi.

Foto: O‘FF matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!