
Frantsiya, Belgiya, Shotlandiyaga qarshi o‘yinlar vaqti hamda O‘zbekiston termasining tarkibi
Mazkur shaharda Otabek G‘ulomxo‘jaev boshchilik qilayotgan jamoa 10 kun davomida istiqomat qiladi va 3 ta xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yil boshida Madrid va Parijga tashrif buyurib, Ispaniya hamda Frantsiya futbol federatsiyalari bilan hamkorlik qilish borasida kelishuvga erishgandi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Malagaga tashrifi shuning asnosida kelishib olingan.
Kelasi yil Osiyo chempionatining saralashida ishtirok etadigan O‘zbekiston termasi 10 kun ichida Frantsiya, Shotlandiya hamda Belgiya bilan kuch sinashib ko‘radi. Raqib jamoalarda bir yosh katta futbolchilar to‘p suradi. Bunday tipdagi jamoalarga qarshi o‘yinlar o‘zbekistonlik futbolchilar uchun katta maktab vazifasini o‘tab berishi ko‘zda tutilgan. Quyida o‘yinlarning Toshkent vaqti bilan tanishib olish mumkin:
10 oktyabr, chorshanba
16:00 O‘zbekiston U17 — Shotlandiya U18
13 oktyabr, shanba
19:00 O‘zbekiston U17 — Belgiya U18
15 oktyabr, dushanba
16:00 O‘zbekiston U17 — Frantsiya U18
O‘yinlar Esteponadan uncha uzoq bo‘lmagan Marbellada bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar O‘zbekiston terma jamoasini mashg‘ulot va o‘yinlar uchun eltadigan alohida avtobus ajratgan. Shuningdek, delegatsiya nonushta, tushlik va kechki ovqatni tamaddi qilishi uchun ham alohida joy berilgan. Quyida yig‘inda bo‘lib turgan futbolchilar va murabbiylar shtabi bilan tanishish mumkin.
Darvozabonlar:
1. Abduvohid Ne’matov — “Nasaf”
12. Asad Polvonov — “Nasaf”
Himoyachilar:
2. Saidazamat Mirsaidov — “Paxtakor”
3. Asliddin Toshtemirov — “Neftchi”
4. Odil Abdumajidov — “Andijon”
5. Sodiq Ortiqov — “Navbahor”
6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev — “Paxtakor”
14. Sunnat Hamidjonov — “Paxtakor”
23. Eldor Begimov — AGMK
Yarim himoyachilar:
8. Ibrohim Ibrohimov — “Buxoro”
9. Mironshoh Sattorov — “Bunyodkor”
10. Jasur Jaloliddinov — “Bunyodkor”
11. Begzod Shamsiev — “Paxtakor”
13. Alisher Odilov — “Paxtakor”
15. Diyor Ramazonov — “Paxtakor”
16. Muhammadqodir Rahimbernegov — “Xorazm”
17. Hojimat Erkinov — “Paxtakor”
19. Ruslan Ro‘ziev — “Paxtakor”
22. Muzaffar Olimjonov — “Bunyodkor”
Hujumchilar:
7. Abdulaziz Abdusalomov — “Paxtakor”
18. Ulug‘bek Hoshimov — “Paxtakor”
20. Xushnud Bozorov — “Paxtakor”
Murabbiylar shtabi:
Otabek G‘ulomxo‘jaev
Doniyor Usmonov
Sarvar Haydarov
Valeriy Karpenko
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 17 oktyabr kuni tongda Istanbul orqali Toshkentga qaytib keladi.
Fikrlar