
Frantsiya va Norvegiya terma jamoalariga teng keladigani yo‘q
Sloveniyaning Poklyuka shahrida biatlon bo‘yicha jahon kubogi ilk bosqichining dastlabki poygalari o‘tkazildi.
Jahon kubogining birinchi bosqichida erkaklar va ayollar o‘rtasida supermikst va 2x6+2x7,5 km masofaga aralash bahslari o‘tkazildi.
2x6+2x7,5 km masofaga aralash bahslarida Frantsiya terma jamoasi g‘alaba qozongan bo‘lsa, Shveytsariya termasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Italiyalik biatlonchilar esa shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.
Supermiks poygalarida Norvegiya termasi g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, Avstriya ikkinchi hamda Ukraina termasi uchinchi o‘rindan joy oldi.
Endi 5 dekabr kuni erkaklar o‘rtasida 20 km masofaga shaxsiy poyga bahslari o‘tkaziladi.
Fikrlar