
Frantsiyani Evro-2016 finaliga olib chiqqan murabbiy lavozimida qoladigan bo‘ldi
Frantsiya Futbol Federatsiyasi rasmiy sayti mamlakat terma jamoasi bosh murabbiyi – Dide Desham bilan shartnoma uzaytirilganligini e’lon qildi.
49 yoshli mutaxassis “uchranglilar”ni 2020 yilgi Evropa chempionati yakuniga qadar boshqaradi.
Ma’lumot uchun, Desham 2012 yil Loran Blanning o‘rniga taklif etilgan edi. Frantsuzlar uning qo‘l ostida JCh-2014 da chorak finalgacha etib borgan bo‘lsalar, Evro-2016 da finalda Portugaliyaga mag‘lub bo‘lishgan edi.
Fikrlar