Frantsiyaning Mundialdagi asosiy tarkibi qanday ko‘rinish hosil qiladi?

  • 1 iyun, 2018, 21:20
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan yigirma yil oldin Frantsiya sport jamoatchiligini o‘ziga qaratgan edi. Ular 1998-yili o‘zi mezbonlik qilgan nufuzli turnirda birinchi bor bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi. Ular bu safar mutaxassislar tomonidan 2006-yildan beri birinchi marta musobaqaning yuqori o‘rinlariga asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Tecno

Dide Dishamning elkasiga Eme Jakening natijasini takrorlash vazifasi yuklatilgan. Hech shubhasiz “ko‘klar”da ayni vaqtda sifat bor. Shu sababli ham ularning muvaffaqiyatga erishishlariga ko‘pchilik ishonmoqda. Ammo Jahon Chempionatida tarkibning kuchliligi etmaydi. Deshamdan taktik moslashish ham talab etiladi. Quyida Frantsiya terma jamoasi qo‘llashi mumkin bo‘lgan uch variant haqida so‘z yuritamiz.

4-2-3-1

Bu o‘yin tizimini Desham milliy terma jamoaga kelganidan beri eng ko‘p qo‘llamoqda. Bunda Ngolo Kante va Pol Pogba tayanch yarim himoyasini tashkil qiladi. Antuan Grizmann esa Olive Jiruning ortida o‘ynasa, qanotlarda Kilian Mbappe sobiq jamoadoshi Toma Lemar bilan harakat qiladi.

Himoya chizig‘ida Loran Koselning yo‘qligini Rafael Varan va Samyuel Umtitilar bildirmaslikka harakat qiladi.

3-4-2-1

To‘p nazoratini qo‘lga olishga intilgan Frantsiya 2012-yilgi “Evro”ni qanday barbod qilgani hamon esimizda. Ammo uch kishilik himoya uslubi yana qayta modaga aylanib borayotgan bir paytda Desham shogirdlari buni qayta sinab ko‘rishlari mumkin. 1998-yilgi Jahon Chempionlari sardori shogirdlarini bu o‘yin sxemasida o‘ynatishi mumkin. Bunda himoya markazini “Shtutgart”da ancha omadli o‘ynagan Benjamin Pavar Varan va Umtitidan ham yaxshiroq natija ko‘rsata oladi. Yarim himoyada esa Stiven Nzonzi muvozanatni ushlab turishda juda qo‘l keladi.

Oldinda Antuan Grizmann Evropa Ligasida shov-shuv ko‘targan Fekir va Tovenlar bilan harakat qiladi.

Mbappe va Dembelelar esa zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytirishi mumkin. Ammo bu o‘yin sxemasi eng nomaqbul variant sifatida ko‘rilishi mumkin.

4-4-2

Jamoa bir qancha mohir hujumchilarga to‘laligi sabab Desham 4-4-2 o‘yin sxemasini qo‘llashi aniqroqdek. Fakt shuki, Frantsiya so‘nggi besh o‘yinda shu taktikani qo‘llab ko‘rdi.

Bu variantda yosh va tezkor futbolchilar – Mbappe va Dembele Grizmann va Jiruni qanotlardan turib qo‘llab-quvvatlaydi.

Ikki yosh javohirlar vinger sifatida ko‘proq foyda keltirmoqda. Ular jamoadoshlariga yaratuvchanlik bilan birga o‘zlari ham raqib darvozasi oldida xavf tug‘dirmoqda.

Korentin Tolisso va Blez Matyuidilarga asosiy tarkibdan joy topilmasligi achinarli.

4-2-2-2

Frantsiyada iqtidorlarni tanlashda adashish bo‘yicha boy futbol an’analariga ega. Desham faqatgina 23 kishilik yakuniy tarkibni e’lon qilib bo‘ldi. Unda Premer Ligada javlon urayotgan Aleksandr Lyakazett va Antoni Marsyallarga afsuski joy topilmadi. Ushbu o‘yin taktikasini frantsuzlar o‘tgan asrning 80-yillarida qo‘llagan. Qog‘ozda bo‘lsa ham bunday taktika bilan frantsuzlar har qanday raqibga jiddiy raqib bo‘la oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!