
Futbol tarixidagi eng kuchli va eng qimmat super jonli devorlar bilan tanishing!
«Manchester Yunayted» klubida to‘p surgan afsonaviy futbolchilar Roy Kin, Devid Bekxem, Endi Koul, Rayan Giggz, Duayt York va Pol Skoulz Roberto Karlosning zarbasini to‘xtatishga xarakat qilishayotgan vaziyat.
Pol Skoulz, Roy Ken, Rud van Nistelroy va Rayan Giggz "Shtutgart bilan kechgan uchrashuvda darvoiza tomon yo‘llanayotgan to‘pni qaytarishmoqda.
Ko‘pchilikning yodida qolgan «Bavariya» va «Manchester Yunayted» jamoalari o‘rtasidagi final uchrashuvi: Lotar Mateus, Ens Eremis, Aleksandr Silker va Shteffen Effenberg Devid Bekxemning zarbasini qaytarishga harakat qilishmoqda.
«Roma»ning o‘sha davrdagi kuchli jonli devori Damiano Tommazi, Franchesko Totti, Gabriel Batistutu va Marko Delvekko, «Yuventus» jamoasi lideri Zayniddin Zidanga qarshi holati.
2007-yilgi Evropa Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Liverpul» futbolchilari Xavier Maskerano, Stiven Jerrard, Dirk Kyut va Jeymi Karrager Pironing jarima zarbasini qaytarishga urinmoqda.
Braziliya terma jamoasi JCh-2006: Kaka, Adriano, Ronaldo, Ronaldinyo, va Ze Roberto.
Argentina terma jamoasi JCh-2002: Ariel Ortega, Xavier Zanetti, Gabriel Batistuta, Xuan Veron va Diego Simeone.
Evro-2004’da Luish Figu (Portugaliya) - Stiven Jerrard, Frenk Lempard, Darius Vassel, Devid Bekxem va Eshli Koul (Angliya)ga qarshi.
«Galatasaroy» - «Yuventus» Chempionlar ligasi: Mark Yuliano, Antonie Konte, Joslen Blanshar, Zayniddin Zidan, Filippi Indzagi, va Janluka Pessotto - George Xajining zarbasiga qarshi.
Franchesko Totti «Milan»ning jonli devoriga qarshi.
Teddi Sheringem «Arsenal»ning jonli devoriga qarshi.
Raul, Devid Bekxem, Luish Figu va Zayniddin Zidan «Real Sosedad» futbolchisining zarbasiga qarshi.
«Chelsi»ning 2008-yildagi jonli devori: Didie Drogba, Ueyn Brij, Mixael Ballak, Jon Terri va Eshli Koul.
Zeniddin Zidan, Patrik Vieyra, Terri Anri, va Erik Abidal Junino Pernambukanoning JCh-2006’dagi jarima zarbasiga qarshi.
«Real Madrid»ning 2014-yildagi va dunyoning eng qimmat jonli devori super jonli devor: Garet Beyl, Xames Rodriges, Krishtianu Ronaldu va Tonni Kroos.
Jasur Rahmon tayyorladi
Fikrlar