Futzal. Bugun U-20 Osiyo chempionatiga boradigan 3-terma jamoa nomi ma’lum bo‘ladi

  • 4 dekabr, 2018, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Toshkentda futzal bo‘yicha Osiyo chempionati U-20 musobaqasining Markaziy mintaqa saralash bahslari davom etmoqda. Eron va Qirg‘iziston terma jamoalari guruhda birinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma egasiga aylanishdi.

Tecno

Bugun o‘z guruhlarida ikkinchi o‘rinni egallagan ikkita terma jamoa - Afg‘oniston va Tojikiston Osiyo chempionati uchinchi yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi. Uchrashuv soat 13:00da boshlanadi.

4 dekabr, Pley-off

13:00 Afg‘oniston – Tojikiston

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin poytaxtimizdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!