Futzal. OCh-2018. O‘zbekiston yarim finalda!
Xabaringiz bor ayni kunlarda Xitoy Taypeyi mamlakatida Futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur turnirning chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.
Hozirgina Vetnam hamda O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi. Ushbu o‘yinda Bahodir Ahmedov shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Endi vakillarimiz, yarim finalda Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Futzal, OCh. Chorak final
O‘zbekiston - Vetnam 3:1 #Tugadi
Gol: Mashrab Odilov (9), Davron Choriev (29), Ilhomjon Xamroev (39) - Luan (29)
O‘zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibi: 1. Rustam Umarov ("Ardus"), 7. Dilshod Rahmatov ("Dalian Puan", Xitoy), 8. Farhod Abdumavlonov ("Olmaliq"), 11. Artur Yunusov ("Lokomotiv"), 14. Konstantin Sviridov ("Olmaliq")
Zaxiradagilar: 12. Akmal Hazratqulov, 6.Ilhom Hamroev, 10.Davron Choriev, 9.Davron Abdurahmonov, 4.Ixtiyor Ropiev, 13.Husniddin Nishonov, 5.Dilmurod Shavkatov, 3.Mashrab Odilov, 2.Anasxon Rahmatov
Ogohlantirish: Dilshod Rahmatov (2)

Fikrlar