Futzal: “Olmaliq” “Lokomotiv” darvozasini 13 marta ishg‘ol qildi
“O‘zbekiston” sport majmuasida futzal bo‘yicha mamlakat chempionatining 2-tur bahslari davom etmoqda. Oltinchi kunning uchinchi bahsida “Lokomotiv” jamoasi “Olmaliq” bilan kuch sinashdi va o‘z darvozalaridan oz emas, ko‘p emas 13ta to‘p olib chiqdi. Bunga atigi bitta to‘p bilan javob qaytarildi.
Oliy Liga
2-tur, 6-kun
15.12.2016
“Lokomotiv” - " Olmaliq " – 1:13
Gollar: Artem Grabovskiy 13' – Andrey Shlema 3', 16', Artur Yunusov 11’, 20’ (2ta), Dilshod Irsaliev 15', 39’, Sirojiddin Mahmudov 16', Farhod Abdumavlonov 18', Javlon Anorov 21', Konstantin Sviridov 27', 34', Jamoliddin Sharipov 36'.
Ogohlantirish: Farhod Mirahmedov 19'

Fikrlar