
Futzal. “Olmaliq” klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ilk o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi
Vetnamning Xoshimin shahrida klublar o‘rtasida Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda. Musobaqaning “D” guruhida ishtirok etayotgan O‘zbekistonning “Olmaliq” klubi ilk uchrashuvni Livanning “Bank Beyrut” jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Gollarga boy kechgan bellashuvda livanliklar 8:3 hisobida g‘alaba qozondi. “Olmaliq” safida Irsaliev va Yunusov gol urdi, yana bitta golni livanlik futzalchi o‘z darvozasiga urib qo‘ydi.
“Bank Beyrut” dastlabki o‘yinda “D” guruhi favoriti Tailandning “Chonburi Blyuveyv” futzalchilariga 0:9 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Mag‘lubiyatga qaramay, "Olmaliq"da pley-off bosqichiga chiqish uchun imkoniyat saqlanib qolindi.
Ushbu guruhning so‘nggi o‘yinida “Chonburi Blyuveyv” va “Olmaliq” o‘zaro bahs olib boradi. Bellashuv 25 iyul kuni o‘tkaziladi.
Klublar o‘rtasidagi OCh
Phu Tho Stadium, Xoshimin
23 iyul, yakshanba
“Olmaliq” (O‘zbekiston) – “Bank Beyrut” (Livan) 3:8
Fikrlar