
Futzal: O‘zbekiston kubogi bahslarida yarim finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, "Paxtakor", AGMK, "Bunyodkor" va "Metallurg" jamoalari yarim finalga yo‘l olishdi.
Yarim final uchrashuvlari ertaga bo‘lib o‘tadi. 14:00da "Paxtakor" – AGMK uchrashuvi o‘tkazilsa, 16:00da "Bunyodkor" – "Metallurg" qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
20 dekabr
“A” guruhi
“Maksam-Chirchiq” – “Paxtakor” – 1:3
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 31 tomoshabin.
Bosh hakam: Shavkat Muhiddinov
Gollar: Dilshod Hudoyberganov (40) – Muhammad Zoirov (28), Mirjavohir Mirzohirov (33), Ilhom Rajabov (39)
Ogohlantirishlar: Umid Zayniddinov (14), Temur Berdiev (35).
“Samarqand” – “Metallurg” – 2:3
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 23 tomoshabin.
Bosh hakam: Umid Po‘latov
Gollar: Ravshan Ismatullaev (17), Hushnur Erkinov (18) – Odil Asomov (38, 39), Akmal Marifaliev (32)
Ogohlantirish: Baxtiyor Baratov (38).
“B” guruhi
“Stroitel-Zarafshon” – “Bunyodkor” – 1:7
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 57 tomoshabin.
Bosh hakam: Nikita Afinogenov
Gollar: Jamoliddin Normirzaev (3, 8 avtogol, 27, 34), Xurshid Najimov (2), Timur To‘raqulov (20), Ulug‘bek Abdullaev (6), Baxtiyor Rasulov (22).
“Lokomotiv” – AGMK – 3:7
Toshkent. “Yoshlik” sport majmuasi. 54 tomoshabin.
Bosh hakam: Shavkat Muhiddinov
Gollar: Shoxruh Shokarimov (8), Muzaffar Axadjonov (13) – Konstantin Sviridov (34, 38), Farhod Abdumavlonov (10), Mashrab Odilov (21 avtogol, 37), Davron Valijonov (22), Andrey Shlyoma (21), Sunnat Qurolov (33)
Ogohlantirishlar: Asomiddin Jaloliddinov (38) – Farhod Abdumavlonov (38).
Fikrlar