Futzal: Poytaxtimiz O‘zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qiladi
Joriy yilning 21-22-23 dekabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida futzal bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tadi. Mazkur bellashuvlarda jami 12 jamoa 3 guruhga bo‘lingan holda kurashga kirishadi.
Har bir guruhdan ikkitadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Chorak finalda yana ikkita jamoa “Olmaliq” (amaldagi kubok sohibi) va “Ardus” (kubok finalchisi) bahslarga qo‘shiladi va 8 jamoa g‘oliblik uchun kurashni davom ettiradi.
Guruh o‘yinlari shu yil o‘tkazilsa, qolgan o‘yinlar kelasi yili bo‘lib o‘tadi. Guruhda ishtirok etadigan jamoalar keyinroq ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar