Futzal U-20: O‘zbekiston Livan bilan jangovar durang qayd etdi

  • 19 may, 2017, 19:29
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO


Bugun Tailandda bo‘layotgan futzal bo‘yicha U-20 Osiyo chempionatida 4-tur bellashuvlariga start berildi.

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi mazkur turni Livan yoshlariga qarshi o‘tkazib, qiziqarli kechgan bellashuvda jangovar durangga imzo chekdi. Ushbu durangdan keyin futzalchilarimiz guruhdagi peshqadamlikni saqlab qolishdi, deya xabar beradi O‘FU matbuot xizmati.

U-20 Osiyo chempionati
"C" guruhi, 4-tur
"Bangkok Arena", 19.05.2017
Livan U-20 - O‘zbekiston U-20 4:4

Gollar: G.El Huri 12, S.Kukezian 17, 38, H.Albaba 18 - M.Saber 15 (avt.), A.Usmonov 17, X.Nishonov 25, R.Ismatullaev 31

Livan U-20 (birinchi beshlik): 1.Karim Jouedi, 3.Hussein Albaba, 6.Serge Kuyumjian, 8.Stiv Kukezian, 9.Muhammad Hammud.

Zaxira: 2.Ramzi Dumani, 4.Yozef Alsebali, 5.Nabih Charbel Harfuch, 7.Hassan Alam, 10.Ali Hachem, 11.Mishel Saber, 12.Georgio El Huri, 13.Viktor Hanna Gerges, 14.Jamal Selvan.

O‘zbekiston U-20 (birinchi beshlik): 12.Sunnatjon Anvarov, 7.Ilhomjon Hamroev, 11.Xushnur Erkinov, 13.Akbar Usmonov, 14.Said Rizo Mirsharofov.

Zaxira: 1.Mirislom Miraliev, 2.Shohjahon Shonazarov, 4.Asli Muhammadiev, 5.Olimjon Vohidov, 6.Mehroj Xudoyberdiev, 8.Xusniddin Nishonov, 9.Ravshan Ismatullaev, 10.Doniyorbek Tohirov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ertaga 5-tur doirasida Qatar yoshlari bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 11:00da boshlanadi.

Ayni damda O‘zbekiston va Livan terma jamoalari 7 ochkodan jamg‘arib, turnir jadvalida etakchilik qilayotgan bo‘lsa, Gonkong 6, Myanma 3 ochkoga ega. Qatar termasida birorta ochko yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!