Futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi OChga qur’a tashlandi

  • 30 may, 2017, 15:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Futzal bo‘yicha 2017 yili klublar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi bugun, 30 may kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni “Olmaliq” jamoasi Tailandning “Blyu Veyv Chonburi” va Livanning “Benk of Beyrut” klublari bilan “D” guruhidan joy oldi.

Turnirda jami 14 klub to‘rt guruhga bo‘lingan holda ishtirok etadi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra, o‘z guruhida birinchi o‘rinni olgan jamoalar chorak finalga chiqadi.  

“D” guruhi uchrashuvlari taqvimi bilan quyida tanishish mumkin.

21.07.2017

“Benk of Beyrut” – “Blyu Veyv Chonburi”

23.07.2017

“Olmaliq” – “Benk of Beyrut”

25.07.2017

“Blyu Veyv Chonburi” – “Olmaliq”

Ma’lumot uchun, futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati 2017 yilning 20–30 iyul kunlari Vetnamning Xoshimin shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!