
Futzalchilarimiz Afg‘oniston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Afg‘oniston futbol federatsiyasi O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga har ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini tashkil etish borasida taklif bilan chiqdi. O‘FA mazkur taklifga ijobiy javob berdi va shu tariqa 12-13 oktyabr sanalarida poytaxtimizda O‘zbekiston hamda Afg‘oniston terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ta’kidlab o‘tamiz, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 20-23 oktyabr kunlari Tailandda o‘tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Afg‘onistonga qarshi bo‘ladigan uchrashuvlar mazkur musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Fikrlar