Galiulin Premer ligada o‘ynaydi?

CHERY AUTO

Bugun Rossiya Birinchi divizionida 35-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtlarimiz Bobur Davlatov xamda Vagiz Galiulinlar to‘p suradigan “Nefteximik” xamda “Tosno” jamoalari bu tur o‘zaro bahs olib borishdi.

Tecno

“O‘zbek derbisi” bo‘lishi kutilgan mazkur bellashuvda Davlaotv ishtirok etmadi. Galiulin esa har doimgidek maydonda to‘liq harakat qildi. Uchrashuv esa “Tosno”ning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan nihoyasiga etdi.

Shu tariqa, Galiulin va u to‘p tepadigan “Tosno” kelgusi mavsum Rossiya Premer ligasida to‘p surish huquqini qo‘lga kiritdi. Boisi, chempionat tugashiga 3 tur qolganida “Tosno” o‘zining eng yaqin ta’qibchisi – “Enisey”dan 12 ochko ilgarilab ketdi.

Rossiya Premer ligasi. 35-tur

“Nefteximik” – “Tosno” 0:2 (0:0, 0:2)

Gollar: 0:1 – 64 Chirkin, 0:2 – 76 Suxarev

Nefteximik – Kniga, Morozov, Sorokin, Pitlev, Malyaka, Sitdikov, Galiakbarov(Kortava), Geloyan(Gagloev 58), Babir, Mullin, Voronkin(Tarakanov 74).

Tosno – Nigmatullin, Buyvolov, Dugalich, Suxarev, Bogaev, Palienko, Chirkin(Aravin 90), Alshin(Kirenko 79), Galiulin, Zabolotnyy(Markov 86), Milevskiy(Kutin 59).

Ogohlantirishlar: Buyvolov(7), Malyaka(31), Bogaev(45), Sorokin(47).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!