"Gamburg"da 3 oy oldin prezident va sport direktori lavozimiga tayinlangan insonlar ishdan bo‘shatildi

  • 10 mart, 2018, 15:50
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Gamburg” futbol klubi rasmiy tvitterdagi sahifasida rahbariyatdagi o‘zgarishlar haqida aytib o‘tdi.

Jamoaning prezidenti Xeribert Bruxxagen va sport direktori zimmasini bajarayotgan Yens Todt lavozimidan ozod etildi.

Ikkala mutaxassis ham o‘z lavozimlarida 3 oy davomida ishlab kelayotgandi, xozirda klubni boshqarish Frank Vettshtaynning zimmasida.

Ma’lumot uchun, rahbariyatdagi o‘zgarishlar “Gamburg”ning Bundesligadagi muvaffaqiyatsiz ishtiroki. Eslatib o‘tamiz, “dinozavrlar” joriy mavsumda 18 ochko yig‘ib 17-o‘rinni egalab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!