
Gari Lineker JCh-2018ning eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi
Angliyalik mashhur futbolchi Gari Lineker Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kanteni JCh-2018dagi eng yaxshi futbolchi deya e’tirof etdi.
“Men uchun Kante JCh-2018ning eng yaxshi futbolchisi. U barchaning e’tiborini o‘ziga qaratadigan futbolchi emas. Biroq, aynan uning sharofati bilan Frantsiya terma jamoasi maydonda 12ta futbolchi bo‘lib o‘ynamoqda. Kante 2ta yaxshi yarim himoyachining o‘rnini bosa oladi. U hamma joyga ulguradi. Kante frantsuzlarning jahon chempionatidagi muvaffaqiyatiga asosiy sababchilardan biridir. Men uning ishqiboziman”, - deydi Lineker.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi bugun jahon chempionatining hal qiluvchi final bahsida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20:00da boshlanadi.
Fikrlar