Gattuzo: Andre Silvani hech kim jamoadan haydamagan
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo nega yozda portugaliyalik hujumchi Andre Silvaning jamoadan ketgani haqidagi savolga javob berdi.
“Silva shubhasiz ajoyib hujumchi, lekin hech kim uni jamoadan haydamadi. Uning o‘zi ketishni xohladi. Andrening jamoadan ketmoqchi ekanligini eshitib, uni qolishga ko‘ndira olmasligimni tushunib etdim”, - deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, Silva andalusiyaliklar safiga ijara asosida borib qo‘shilgan edi. U joriy mavsum “Sevilya” safida jami 10ta o‘yinda maydonga tushib 7ta gol urishga erishdi.
Fikrlar