
Gattuzo Ibragimovichning "Milan"ga kelishi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi
Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovichni “rossonerilar” safiga ko‘chib o‘tishi borasidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
“Birinchi navbatda biz o‘zimizda mavjud narsalar haqida o‘ylashimiz kerak. Boshqa futbolchilar haqida o‘ylash esa mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Biz avvalambor jamoa o‘zining bor imkoniyatlarini ishga solishi va eng yaxshi o‘yinini namoyish etishiga erishishimiz lozim. Transferlar davrida nima bo‘lishini esa ko‘ramiz”, - deydi Gattuzo.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq bir qator xorij nashrlari 37 yoshli shvetsiyalik futbol yulduzining yanvarda “Milan”ga kelib qo‘shilishi va u erda yiliga 2,2 mln evro maosh olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich bundan avval ham “rossonerilar” safida to‘p surgan. U 2010-2012 yillarda “Milan” safida jami 85ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 56ta gol hamda 24ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar