Gattuzo Iguainning "Milan"dagi debyuti haqida gapirdi
"Milan" bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo mavsumlar oralig‘ida jamoaga kelib qo‘shilgan hujumchi Gonsalo Iguainning "Napoli"ga (2:3) qarshi o‘tkazgan debyut bahsidan so‘ng u haqda o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“55-daqiqagacha Iguain to‘p bilan ko‘p muamala qildi. U ko‘p narsaga qodir va bizga katta foyda keltiradi. Gonsalo “Milan”ning o‘yin sifatini oshiradi”, - deydi Gattuzo.
Ta’kidlash kerakki, o‘zining sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushgan Iguain shu kuni o‘yin davomida stadiondagi muxlislar tomonidan hushtakbozlikka uchradi.

Fikrlar