Gattuzo: "Sassuolo" ustidan qozonilgan g‘alaba "Milan"ga ishonch bag‘ishlashi mumkin
"Milan" klubi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo kecha "Sassuolo" (4:1) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Biz ushbu o‘yinga qadar ham yaxshi futbol ko‘rsatib kelayotgan edik. Bizning aybimiz chuqur himoyalanib olishimizda. “Sassuolo” ustidan qozonilgan g‘alaba esa “Milan”ga ishonch bag‘ishlashi mumkin. Albatta, bunday jamoada hamisha bosim bo‘ladi. Lekin, rivojlanishimiz uchun bizga yana vaqt kerak”, - deydi Gattuzo.
Ma’lumot uchun, “rossonerilar” A Seriyaning o‘tgan 7ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 11-pog‘onani egallab turishibdi.

Fikrlar