Germaniya Evro-2024ni qabul qilishi mumkin bo‘lgan 10ta stadionni e’lon qildi

  • 15 sentabr, 2017, 23:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya futbol ittifoqi 2024 yilgi Evropa chempionatini o‘zida qabul qiluvchi 10ta stadion nomini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan «Alyants Arena» (Myunxen), Olimpiashtadion (Berlin), «Signal Iduna Park» (Dortmund), «Esprit Arena» (Dyusseldorf), «Kommertsbank-Arena» (Frankfurt), «Feltins-Arena» (Gelzenkirxen), " Folksparkshtadion" (Gamburg), «Rayn-Energi» (Kyoln), «Red Bull-Arena — Tsentralshtadion» (Leyptsig) va «Mersedes-Bents-Arena» (Shtutgart) o‘rin oldi.

Endi Germaniya futbol ittifoqi 2018 yilning 27 apreliga qadar UEFAga bu borada barcha hujjatlarni topshirishi kerak. Musobaqa mezboni esa kelasi yilning sentyabr oyida e’lon qilinadi.

Ta’kidlash lozimki, Bundestimga bu borada faqatgina Turkiya mamlakati raqobat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!