
Germaniya pley-offga chiqa oladimi yoxud guruhdan chiqa olmagan chempionlar bilan tanishing
Germaniya terma jamoasi Shvetsiya termasini 2:1 hisobida mag‘lub qildi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi. Endi barchasi nemislarning o‘ziga bog‘liq.
- Janubiy Koreya bilan bo‘ladigan o‘yinda Germaniyaga ikki to‘p farqi bilan g‘alaba qozonish talab etiladi. Shunda nemislarga Meksika va Shvetsiya qarama-qarshiligi natijasi ta’sir qilmaydi.
- Agar ular bitta to‘p farqi bilan zafar quchadigan bo‘lsa, parallel o‘yin natijasidan so‘ng pley-off ishtirokchilari aniqlanadi.
- Agar koreyslar g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, nazariy jihatdan osiyoliklarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi.
- Bu eng ertaknoma taqsimlash.
Agar Germaniya Koreyani 1:0 hisobida yutsa, Shvetsiya Meksikani shu hisobda mag‘lub qilsa, keyingi bosqichga da’vogar uchta ishtirokchida bir xil natija – 3:2 bo‘ladi.
Reglamentga ko‘ra, bu holatda Germaniya, Meksika va Shvetsiya termalari o‘rtasida o‘yinlarga qaraladi. Shunda nemislar va shvedlar plef-offga, meksikaliklar uyga ravona bo‘lishadi.
Umuman JChdan amaldagi jahon chempionlarining chiqib ketishi so‘nggi mundiallarda trendga aylangan. Bu tarixiy natijalarda hozircha nemislar yo‘q.
JCh-1998/2002 - Frantsiya
Frantsiya terma jamoasi chempionatni o‘z maydonida ajoyib tarzda yutgan edi, keyin ikki yil o‘tib dramatik tarzda Evropa chempionatida zafar quchishdi. JCh-2002da favoritlar qatoridan o‘rin olishdi. Guruhda Senegal, Urugvay va Daniya bilan bir guruhdan joy oldi.
Frantsuzlar ilk bahsda sensatsion tarzda senegalliklarga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, keyin Urugvay bilan nursiz durang qayd etgan bo‘lsa, so‘nggi turda daniyaliklar – 0:2 hisobida g‘alaba qozondi. Yakunda to‘rtinchi o‘rin va urilgan gollar nolga teng. Dahshat!
ChM-2006/2010 - Italiya
Italiyaliklar Germaniyada o‘tgan mundialda eng yaxshi o‘yinlaridan birini o‘tkazdi. Hattoki yarim finalda mezbon nemislarni taslim qildi va finalda penaltilar bahsida frantsuzlardan ustun kelishdi. Qo‘shimcha bo‘limda Zidan Materatstsiga “kalla qo‘yib” qizil kartochka bilan siylangan.
Marchello Lippi o‘z jamoasi bilan yana to‘rt yildan o‘tib JARdagi mundialda saf tortishdi. Guruhda Paragvay, Yangi Zelandiya va Slovakiya bilan to‘qnashdi.
JCh-2010da italiyaliklar ilk turdan ochko yo‘qotishdi. Paragvay bilan 1:1. Keyin yangizelandiyaliklar bilan ham shunday natija qayd etdi.
Yakunda esa Slovakiya italiyaliklarga imkoniyat qoldirmay 2:3 hisobida g‘alaba qozondi. Bunda “moviy gvardiya”ni durang ham qanoatlantirar edi. Shunday qilib guruhda Yangi Zelandiyadan keyin to‘rtinchi o‘rinni olgan Lippi shogirdlari muddatidan oldin uyga qaytishdi.
JCh-2010/2014 - Ispaniya
Ispaniya JAR yashil maydonlarida mundialda o‘z tarixida ilk marta jahon chempioniga aylandi. Yana ikki yil o‘tib, Evropa chempioniga aylanishdi. Yangi jahon chempionatida esa ispanlar Gollandiya, Chili va Avstraliya bir guruhdan joy olishdi.
Ilk o‘yin hech kim kutmagan tarzda boshlandi. Gollandiya bilan bo‘lgan o‘yinda 1:5 hisobidagi mag‘lubiyat. O‘shanda Lui van Gaal jamoasi taktik jihatdan Ispaniyaga o‘yin berishmagan edi. Yuqoridagi jamoalar singari Ispaniyaning turnirni tark etishi so‘nggi turga qolmadi. Ikkinchi turda Chilidan qabul qilingan mag‘lubiyat bunga etarli bo‘ldi. 0:2. Avstraliya ustidan qozonilgan g‘alaba esa amalda hech narsani hal qilmadi.
JCh-2014/2018
Germaniya termasi JCh-2014da qo‘shimcha bo‘limda Mario Gyottsening Argentina darvozasiga kiritgan goli evaziga uzoq kutilgan chempionlikni yana qaytarib oldi. Evropa chempionati-2016da nemislar yana hech narsaga erisha olishmadi. Bir yil o‘tib, Konfederatsiyalar kubogini ham yuta olishmadi.
Yangi jahon chempionati amaldagi chempionlar uchun mag‘lubiyat bilan boshlandi. Germaniya - Meksika 0:1. Bunda Shimoliy Amerika vakillari aniq va qarshi hujumda yaxshiroq harakat qilishdi. Shvedlarga qarshi ikkinchi turda Germaniya deyarli bortdan tushib qolishiga bir bahya qolgan edi, ammo qo‘shimcha berilgan daqiqalarning so‘nggisida to‘p kiritib, pley-offga chiqish masalasini o‘zlari uchun ancha engillashtirib oldi.
Fikrlar