
Germaniyaning barcha klublari evrokuboklarda yutqazdi
Shu hafta Evropa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Nemis klublari uchun mazkur tur o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tdi.
Chempionlar Ligasida Germaniya sharafini himoya qilayotgan “RB Leyptsig” klubi “Beshiktosh”ga (0:2), “Borussiya D” jamoasi “Real”ga (1:3), “Bavariya” esa PSJga (0:3) mag‘lub bo‘ldi.
Evropa Ligasida “Gerta” klubi “Estersund”ga (0:1), “Kyoln” Serbiyaning “Tsrvena Zvezda”siga (0:1), “Xoffenxaym” esa “Ludogorets”ga (1:2) yutqazib qo‘ydi.
Fikrlar