Gojkovichning gollari "Qo‘qon-1912"ga muhim g‘alabani olib keldi (video)
Turnir jadvalida so‘nggi o‘rinda borayotgan "Qo‘qon-1912" klubi "Neftchi"ni qabul qildi. Viloyat derbisida esa No‘’mon Hasanov shogirdlari 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, har ikkala golga Darko Gokovich mualliflik qildi va gollarning barchasi bosh birlan kiritildi.
Mazkur muvaffaqiyatdan so‘ng qo‘qonliklar hisobidagi ochkolar soni 17 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, 1 ochko kam jamg‘argan "Neftchi" so‘nggi pog‘onani "zabt etib" turibdi.
Fikrlar