Golovkinning ustozi Magregorga Meyvezerni mag‘lub qilish yo‘lini o‘rgatdi

  • 25.07.2017 12:27
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mashhur boks murabbiyi Abel Sanches Konor Makgregor va Floyd Meyvezer o‘rtasida bo‘ladigan jangda irlandiyalik sportchining g‘alaba qozonish imkoniyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Sanchesning fikricha, Makgregor har qanday holatda Floyd jang tempini berib qo‘ymasligi kerak ekan. Mazkur qarama-qarshilik 26 avgust kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.

– Makgregor hech narsa yo‘qotmaydi. Hech narsa. Ammo Floyd jangda ustunlik qilmasa, boshqacha bo‘lishi mumkin. Makgregor — havfli raqib. Bu aniq. Jangda g‘alaba qozonishning birgina yo‘li qo‘l va oyoqlarni Floydnikidan tez harakat qildirishdir. Odamlar uni (Makgregorni) kuchli deyishmoqda, ammo kichik imkoniyat berib qo‘yilsa, Floydga shuning o‘zi etarli bo‘ladi. Shuning uchun har bir raundning har daqiqasida faol bo‘lib, qo‘llarni ishga solish kerak, – deydi Sanches.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!