
Gonsalo Iguain ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Italiyaning "Milan" klubi hujumchisi Gonsalo Iguain A Seriya 12-turida "Yuventus"ga qarshi o‘yindagi qilig‘i tufayli jamoasining bo‘lajak ikki uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Bundan tashqari argentinalik forvard Liga rahbariyatidan ogohlantiruv xati ham oldi. Iguain sariq kartochkadan so‘ng bosh hakam Paolo Matstsoleniga baqirgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Iguain maydonni tark etishdan bosh tortgan va Krishtianu Ronaldu bilan ham tortishuvga kirishgan edi. Gonsalo yanada ko‘proq o‘yinga chetlatilishi mumkin edi, ammo Ronalduning o‘zi orada hech qanday noo‘rin so‘zlar aytilmaganligini ta’kidladi.
Endi "Milan" hujumchisi jamoasining "Latsio" va "Parma"ga qarshi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
Fikrlar